Oilaviy zoʻravonlikka qarshi kurash qanday ketmoqda?
Illyustrativ foto
Soʻnggi vaqtlarda oilaviy-maishiy zoʻravonlik holatlari koʻp koʻzga tashlanayotgani hech kimga sir emas.
2023-yildan boshlab bunga qarshi jinoiy javobgarlik ham belgilangan. Unga koʻra, 18 yoshga toʻlmagan shaxslarni, yaqin qarindosh, sobiq xotin, bir roʻzgʻor asosida birgalikda yashayotgan shaxs yoxud umumiy farzandga ega boʻlgan shaxsni jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik uchun jinoiy javobgarlik mavjud.
Mazkur jinoyat 5-yildan 8-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Soʻngi 10 oy ichida maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 59-2-moddasi boʻyicha:
•15 427 nafar shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilgan;
• 9 210 nafarga jarima jazosi qoʻllangan;
• 6 217 nafari maʼmuriy qamoq jazosi olgan.
Bu raqamlar oilaviy zoʻravonlikka qarshi profilaktika choralarini yanada kuchaytirish zarurligini koʻrsatadi.
Jinoyat kodeksining 126-1-moddasi boʻyicha oilaviy zoʻravonlik bilan bogʻliq sudlangan shaxslar:
• 399 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan;
• 126 nafarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan;
• 255 nafarga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar berilgan;
• 18 nafar shaxs shartli ravishda hukm qilingan.
Kelgusida bu kabi holatlarning oldini olish uchun milliy mentalitetga mos profilaktika choralarini kuchaytirish, xavf ostida boʻlgan fuqarolarni himoya qilish mexanizmlarini hamda bu kabi jinoyatni qayta sodir etmaslik uchun jazo olgan shaxslarni jamiyatga qaytarish uchun maxsus dasturlarni ishlab chiqish va takomillashtirish zarur.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring