Nukus xalqaro aeroportiga qarshi ish qoʻzgʻatildi

18:07 26 Avgust 2024 Jamiyat
253 0

Foto: Prezident matbuot xizmati

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi Nukus xalqaro aeroportiga qarshi ish qoʻzgʻatdi, Bu haqda Qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Raqobat qoʻmitasi Nukus xalqaro aeroporti tomonidan amalga oshirilgan tanlov savdolarida qonun talablariga rioya qilingani yuzasidan oʻrganish ishlarini olib borgan.

Oʻrganishlar natijasida, mazkur MCHJ Davlat xaridlari portal orqali amalga oshirgan 120 million soʻmlik tanlov savdolarini oʻtkazishda “Davlat xaridlari” va “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunlar talablariga rioya qilmagani aniqlangan.

Shunga koʻra, qoʻmita maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonun hamda Vazirlar Mahkamasining 225-sonli nizom talablarini buzish alomatlari bilan Nukus xalqaro aeroportiga nisbatan belgilangan tartibda ish qoʻzgʻatilgan.

Shuningdek, natijasi yuzasidan tegishli taʼsir chorasi qoʻllanilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер