Novosibirskda atoqli oʻzbek shoiri Usmon Nosir ijodiga bagʻishlangan adabiy kecha tashkil etildi
Oʻzbekistonning Novosibirskdagi Bosh konsulxonasida atoqli oʻzbek shoiri, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavallud kuniga bagʻishlangan adabiy kecha tashkil etildi.
Maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Novosibirsk viloyatidagi faol vatandoshlar, ushbu hududdagi oliy oʻquv muassasalarida taʼlim olayotgan talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida Bosh konsulxona xodimlari tomonidan Usmon Nosir hayoti va ijodiga bagʻishlangan taqdimot oʻtkazildi. Unda shoir hayoti va ijodi hamda bugungi avlodlarga qoldirib ketgan bebaho asarlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi. Shoir merosini keng targʻib qilish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar hamda Rossiyaning Kemerovo viloyatida Usmon Nosir haykali oʻrnatilgani alohida taʼkidlandi.
Uchrashuv chogʻida Usmon Nosir hayotiga bagʻishlangan badiiy film namoyish etildi. Adabiy kechada ishtirok etgan talabalar esa shoir qalamiga mansub “Oq sheʼr”, “Mening bogʻim”, “Yurak” va boshqa sheʼrlarni oʻqib berishdi.
Bundan tashqari, mazkur tadbirda ishtirok etgan vatandosh yoshlar bilan alohida suhbat oʻtkazildi. Unda bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati va yoshlarimizning taʼlim olishi hamda ishlashi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida soʻzlab berildi. Vatandoshlarga Rossiyaning qonun va qoidalariga qatʼiy amal qilish, turli taqiqlangan ommaviy tadbirlarga qatnashmaslik, diniy ekstremistik oqimlarga qoʻshilmaslik boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring