Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi elchisi lavozimidan ozod etildi

10:03 29 Iyun 2024 Siyosat
414 0

Oliy Majlisi Senati kengashining qarori bilan Nodir Gʻaniyev — Oʻzbekistonning Shvetsiyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimidan ozod etildi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

U 2023-yil oktyabrda elchi sifatida oʻz faoliyatini boshlagan edi.

Nodir Gʻaniyev Toshkent davlat universiteti (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti)ning sharqshunoslik fakultetini tamomlagan. 1994-yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib, markaziy apparat va mamlakatimizning xorijdagi diplomatik vakolatxonalarida turli lavozimlarda ishlagan.

Shvetsiyaga joʻnab ketishidan oldin u TIVning Yevropa davlatlari va Yevropa Ittifoqi institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?