«NKMK» AJ faoliyatida ekologiya va atrof-muhitni muhofazasi

«NKMK» AJning matbuot xizmati
Bugun Qizilqumni qush parvozi nuqtasidan kuzatgan kishi choʻlda ulkan bunyodkorliklarning guvohi boʻladi. Rasmiy statistika birgina joriy yilning oʻtgan davri mobaynida qumliklar bagʻridagi Uchquduq tumani hududida 237, Nurotada 175, Konimexda 155 va Tomdida 116 yangi korxona tashkil etilganini qayd etadi. Qariyb yetmish yil avval sahroga sanoat olib kelgan NKMKning(bugun AJ maqomida) ulushiga esa mezonlar ojiz.
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatining faoliyatida xoh biyday sahro boʻlsin atrof-muhitga zararsiz ishlab chiqarishni tashkil etish bugungi kunning ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Xususan, kombinatning barcha ishlab chiqarish korxonalariga atrof-muhitga zarar yetkazuvchi moddalarning 95-99 foizini tutib qoluvchi filtrlar, chang-gaz tozalash uskunalarning oʻrnatilgani bu borada fikrimizning yaqqol dalilidir. Jumladan, birgina, 3-gidrometallurgiya zavodining maydalash sexiga tozalash samaradorligi yuqori boʻlgan 3 ta qoʻshimcha chang-gaz qurilmalarining oʻrnatilgani 62 tonna zararli chang-gazlarni ushlab qolish imkonini bermoqda.
— Shuningdek, kombinat tizimidagi 2, 4, 5-gidrometallurgiya zavodlari hamda “Marjonbuloq” oltin ajratish fabrikasi chiqindi ombori va barcha shaxta, karyerlarda ishlatilgan oqova suvlari tozalash inshootlarida qayta tozalanib, ishlab chiqarishga yoʻnaltirilmoqda, — deydi «NKMK» AJning mehnat muhofazasi boʻyicha direktori Alisher Tursunov. — Raqamlarda ifodalasak, 2021-yilda 100 mln kubmetr umumiy texnik suvning 18 foizi yoki 18,2 mln kubmetr qayta ishlangan boʻlsa, joriy esa 134,3 mln kubmetr texnik suvning qayta ishlash hajmini 34 foizga oshirish yoki 46 mln kubmetrga yetkazish moʻljallanmoqda.
Ushbu maʼlumotlar «NKMK» AJning “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi, yutuq va istiqboldagi rejalar» mavzusidagi matbuot anjumanida OAV vakillari eʼtiboriga havola etildi.
Anjumanda shuningdek, kombinatda energiyani iqtisod qilish maqsadida, boʻlinmalar issiq suv taʼminoti uchun 260 ta gelio quyosh suv isitish uskunalari oʻrnatilgani, 2020-yilda 977 gektar, 2021-yilda 307,9 gektar, umuman kombinat faoliyati davomida qariyb 37 ming gektar yer rekultivatsiya qilingani taʼkidlandi.
— Korxonamizning Shimoliy va Janubiy kon boshqarmalarida yaroqsiz avtomobil shinalarini piroliz yoʻli bilan qayta ishlash qurilmalari joriy etilgan, — deydi «NKMK» AJ atrof-muhit muhofazasi boʻlimi boshligʻi Shohida Ortiqova. — Yaroqsiz shinalarni qayta ishlash natijasida piroliz yoqilgʻisi, metallolom hamda texnik uglerod ikkilamchi mahsulot olinmoqda. “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida esa 122,7 gektar maydonga 168,2 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt koʻchatlari oʻtqazildi. Shuningdek, 2020 va 2022-yillarda ekologik aksiya doirasida korxonamiz yoshlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasining Moʻynoq tumanida Orol dengizining qurigan hududida 120 ming tupdan ortiq saksovul koʻchatlari oʻtqazildi.
Matbuot anjumanida OAV vakillari va jurnalistlarning savollariga atroflicha javoblar berildi.
Temur ESHBOYEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi va BAAning “Manara” markazi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
- Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz boʻyicha kompensatsiya beriladi
- Tanzila Narbayeva Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley assambleyasi Prezidenti etib saylandi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Bahodir Jalolov professional boksda ilk bor toʻliq 10 raund jang oʻtkazdi
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring