Senatda “Better Cotton Initiative” delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayevaning Yannis Bellingxauzen boshchiligidagi “Better Cotton Initiative” (BCI) xalqaro tashkiloti delegatsiyasi bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvni ocharkan, T. Narbayeva Oʻzbekistonning Better Cotton Initiative bilan hamkorlikni yuqori baholashini, ayniqsa qishloq xoʻjaligi barqarorligini oshirish, munosib mehnat tamoyillarini ilgari surish va paxta-toʻqimachilik taʼminoti zanjirlarida shaffoflikni kuchaytirish borasida tashkilotning qoʻllab-quvvatlashi muhim ahamiyat kasb etayotganini taʼkidladi.
Qayd etilganidek, paxta-toʻqimachilik sohasi mamlakat iqtisodiyotining yetakchi yoʻnalishlaridan biri boʻlib, soʻnggi yillarda keng qamrovli islohotlar natijasida tubdan yangilandi.
Bugungi kunda oʻzbek paxtasining eksport geografiyasi kengayib, 80 dan ortiq davlatlarga paxta-toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilmoqda.
Eksport hajmini oshirish, sohaga yanada koʻproq investitsiyalarni jalb etish, bu ishlarga toʻqimachilik sohasidagi yirik xalqaro brendlarni kengroq jalb qilishda sohaga munosib mehnat tamoyillariga, ekologik barqarorlikka hamda xalqaro texnik va ishlab chiqarish talablariga asoslangan standartlarni joriy etish muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.
Uchrashuv davomida ushbu xalqaro standartlarni oʻzida mujassam qilgan BCI standartlarini yanada keng joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, BCI standartlarini milliy standart sifatida qabul qilish, bu borada milliy auditorlarni tayyorlash, kichik va oʻrta biznes uchun sertifikatlash xarajatlarini qisqartirishga qaratilgan qoʻshma loyihasini amalga oshirish, sertifikat berish boʻyicha oʻtkaziladigan oʻrganishlar muddatini qisqartirish imkoniyatini koʻrib chiqishga kelishildi.
Shuningdek, Oʻzbekistonning xalqaro koʻrgazmalar va barqaror tekstil forumlaridagi ishtirokini kengaytirish, xalqaro brendlar bilan hamkorlikni kengaytirish va ular ishtirokida Oʻzbekistonda xalqaro tadbirlarni tashkil etish imkoniyati ham istiqbolli yoʻnalish sifatida alohida qayd etildi.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston kelajakda ham qoʻshma tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring