Vyetnamda 40 dan ortiq kishi toshqin va koʻchkilarning qurboni boʻldi
Markaziy Vyetnamda kuchli yomgʻirlar oqibatida yuzaga kelgan toshqinlar va koʻchkilarda kamida 41 kishi halok boʻldi. Bu haqda TASS Vyetnamning Dambalar boshqaruvi va tabiiy ofatlarning oldini olish departamentiga tayanib xabar berdi.
Eng koʻp talafot Daklak (16 kishi) va Kaxkhoa (14 kishi) provinsiyalarida qayd etilgan. Shuningdek, Lamdong provinsiyasida toʻrt kishi, Zyalayda uch kishi, Danang va Hue shaharlarida esa ikki nafardan kishi halok boʻlgan.
Toshqinlar oqibatida 52 mingdan ortiq uy suv ostida qoldi, 13 ming gektardan ortiq qishloq xoʻjaligi yerlari va 2,1 ming gektar mevali plantatsiyalar zarar koʻrdi. Yomgʻirlar oqibatida 30 mingdan ziyod chorva mollari va parrandalar nobud boʻlgan.
Suv toshqinlari avtomobil va temiryoʻl qatnovida uzilishlarga ham olib kelgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring