“New Life sugʻurta kompaniyasi” AJ aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma

17:05 30 May 2024 Jamiyat
212 0

HURMATLI AKSIYADOR!

“New Life sugʻurta kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati Kuzatuv kengashining 2024-yil 29-maydagi qaroriga asosan Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʻilishi 2024-yil 25-iyun kuni, Toshkent shahar, Amir Temur shoh koʻchasi, 47 — uy boʻyicha joylashgan Jamiyatning bosh ofisi binosida oʻtkaziladi.

Yigʻilish soat 11:00 da boshlanadi. Aksiyadorlarni roʻyxatga olish soat 10:30 dan boshlanadi. Aksiyadorlarni roʻyxatga olish soat 10:55 da tugatiladi. Umumiy yigʻilish oʻtkazish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestri 2024-yil 19-iyun holatiga tuziladi.

Elektron pochta manzili: info@nli.uz.

Yigʻilish kun tartibi:

1. Jamiyat aksiyadorlarining yillik umumiy yigʻilishi reglamentini tasdiqlash.

2. Sanoq komissiyasi aʼzolari tarkibini tasdiqlash toʻgʻrisida.

3. Jamiyat faoliyatining 2023-yil yakunlari boʻyicha yillik hisoboti, auditorlik tashkilotining 2023-yil yakuni boʻyicha xulosalarini tasdiqlash toʻgʻrisida.

4. Jamiyat tomonidan 2023-yil yakunlari boʻyicha koʻrilgan sof foydani taqsimlash toʻgʻrisida.

5. Jamiyatning Bosh direktori vakolatini uzaytirish toʻgʻrisida.

6. Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlariga muvofiq majburiy tashqi auditni oʻtkazish maqsadida 2024-yil uchun auditorlik kompaniyasini tanlash va uning xizmatiga toʻlanadigan haq miqdorini belgilash toʻgʻrisida.

7. Jamiyat aksiyadorlarining navbatdagi yillik Umumiy yigʻilishigacha boʻlgan davrda affillangan shaxslar bilan joriy xoʻjalik faoliyati jarayonida tuzilishi mumkin boʻlgan bitimlarni oldindan maʼqullash toʻgʻrisida.

8. Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash.

9. Jamiyat Ustaviga oʻzgartirish kiritib, yangi tahrirda tasdiqlash.

Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida qatnashish va ovoz berish uchun, aksiyadorlarda shaxsni tasdiqlovchi hujjat, aksiyadorlar vakillarida esa qonunchilikda belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma boʻlishi lozim.

Aksiyadorlar umumiy yigʻilishda koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha maʼlumot va materiallar bilan Jamiyat maʼmuriy binosida ushbu eʼlon berilgan kundan boshlab yigʻilish oʻtkaziladigan kunga qadar soat 10:00 dan 17:00 gacha tanishishlari mumkin.

Telefon: (+998 71) 203-99-77

Kuzatuv kengashi

Reklama

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?