Navoiydan Litvaga safar bekor: Ishga yuboruvchi shaxs firibgar boʻlib chiqdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departament Navoiy viloyatida Litva davlatiga ishga yuborishni vaʼda qilgan firibgarni qoʻlga tushirdi. Bu haqida Departamentning axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy shahri boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda ushbu holat aniqlangan.
Departamentga koʻra, “E.K.” MCHJ rahbari A.Q. fuqaro Z.F.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida pishiriqlar pishirish yoʻnalishida oʻqiganligi haqida soxta diplom tayyorlab berib, Litva davlatiga ishga yuborishni vaʼda qiladi.
Buning evaziga ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
“Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring