Namangandan 170 nafar fuqaro ishlash uchun Amurga joʻnab ketdi
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda Rossiya Federatsiyasining «Povoljskoye Stroitelnoye Predpriyatiye» masʼuliyati cheklangan jamiyati oʻrtasida imzolangan hamkorlik kelishuvi asosida joriy yilning may oyida Agentlikning mintaqaviy filiallarida qurilish sohasida ishlash istagida boʻlgan fuqarolar ishtirokida tanlov oʻtkazilgan edi.
Namangan viloyatida ushbu tanlovdan muvaffaqiyatli oʻtib, tibbiy koʻrik natijalari ijobiy chiqqan 170 nafar fuqaro bugun, 29-iyun kuni Namangan xalqaro aeroportidan Rossiyaning Amur viloyatida Kosmodrom atrofidagi qurilish obyektlarida ishlash uchun joʻnab ketdi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbirda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, “Istiqbolli avlod” NNT viloyat boʻlimlari, IIB masʼul xodimlari tomonidan vaqtinalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ketayotgan fuqarolarga oʻz yoʻnalishlari boʻyicha tushuntirish, targʻibot ishlari olib borilib, sohalarga oid buklet, tarqatma materiallar berildi.
Shuni alohida taʼkidlash kerakki, ushbu fuqarolarni karantin manziliga joylashtirish, roʻyxatga olish, ishlash huquqini beruvchi patent, 3 mahal ovqat, yotoqxona, maxsus kiyim xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Maʼlumot oʻrnida, Namangan viloyatida joriy yilning oʻtgan davrida 1361 nafar fuqaroning Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya Federatsiyasi, Litva va Koreya Respublikalarida bandligi taʼminlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring