Namanganda qadimiy zardushtiylik ibodatxonasi topildi
Namangan viloyatining Norin tumanida qadimiy zardushtiylik ibodatxonasi topildi. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, akademik Ahmadali Asqarov boshchiligidagi ilmiy guruh tomonidan olib borilgan qazishmalar davomida viloyatda zardushtiylik va islom dinining keng tarqalishi bilan bogʻliq boʻlgan qadimiy tosh davriga oid noyob topilmalar va ibodatxona topilgan.
“Qazish ishlaridan oldin biz qadimgi hukmdorning qabri va u bilan birga oʻsha davr anʼanalariga koʻra koʻmilgan boyliklarni topamiz, deb taxmin qilgandik. Natijalar barcha kutganlardan ham oshib ketdi - biz qoʻlga kiritgan manbalarning ilmiy qiymati va ahamiyati juda katta” — deydi Asqarov.
Shuningdek, Arxeologik ishlar Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan “Uchtepa-Buloqmozor” majmuasidagi arxeologik yodgorliklarni tadqiq etish va ularni ochiq osmon ostidagi muzeyga aylantirish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring