Mutaxassislar simsiz zaryadlovchi qurilmalarning ijobiy va salbiy jihatlarini maʼlum qildi

18:09 07 Iyul 2024 Ilm-fan
231 0

Simsiz zaryadlovchi qurilmalar tobora ommalashib bormoqda. Bu kabi qurilmalardan, ayniqsa, yoshlar koʻproq foydalanmoqda. Talab yuqoriligi uchun esa bozorda ish stoli va mashinalar uchun turli koʻrinishdagilari taqdim etilmoqda. Shu sababli ham shu kabi qurilmalarning xavfsizligi va samaradorligi Roskachestvo raqamli ekspertiza markazi mutaxassislari tomonidan oʻrganildi.

Markaz rahbari Sergey Kuzmenkoga koʻra, simsiz qurilmalar smartfonni quvvatlantirish jarayonini sezilarli darajada soddalashtiradi. Biroq, qurilmalar kamchiliklardan xoli emas. Xususan, asosiy muammo — past samaradorlik.

Shuningdek mutaxassis, qurilmani ishonchli doʻkondan yuqori sifatlisini sotib olish lozimligini qayd etadi.

“Past sifatli zaryadlovchilardan foydalanish yoki smartfonni haddan tashqari qizib ketishi batareyani sekin-astalik bilan oʻldiradi. Chunki deyarli barcha zamonaviy smartfonlar litiy-ionli batareyalar bilan jihozlangan boʻlib, ular haroratga haddan tashqari sezgir”, deb tushuntiradi mualliflar.

Mutaxassislar batareyaning ishlash muddatini uzaytirish uchun harorat talablariga rioya qilishni tavsiya etadi. Misol uchun piyoda yurgandan soʻng telefonni darhol simsiz qurilmada quvvatlantirishga urinmaslik lozim. Sababi gadjet qizib ketgan boʻlishi mumkin.

Simsiz qurilmalardan foydalanishning kamchiliklaridan biri zaryadlash jarayonining uzoqroq davom etishi bilan bogʻliq. Ushbu qurilma simli bilan solishtirganda zaryadlash uchun 30 foiz koʻproq vaqt talab qiladi. Zaryadlovchi smartfon ishlab chiqaruvchisi talablariga javob bermasa yoki telefon notoʻgʻri joylashtirilgan boʻlsa, zaryadlash tezligi yanada pasayadi.

Mualliflarning qayd etishicha, simsiz zaryadlash samaradorligi koʻp jihatdan qurilma va smartfonning joylashuviga bogʻliq. Ularning oʻzaro taʼsir doirasi qanchalik katta boʻlsa, smartfon tezroq zaryadlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер