Misr sogʻliqni saqlash vaziri “S” gepatitiga qarshi kurashda hamkorlikni kengaytirish uchun amaliy tashrif bilan Oʻzbekistonga kelmoqchi
Oʻzbekiston Prezidentining 2023-yil 20-21-fevral kunilari Misrga buyurgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlar hamda mamlakatimiz rahbarining gepatit “S” kasalligini 100 foiz davlat hisobidan davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan olib borilgan muzokaralar natijasi oʻlaroq, Oʻzbekistonga insonparvarlik yordam sifatida ajratilayotgan gepatit “S” virusi qarshi “Daklatasvir” dori vositalarining navbatdagi turkumi yuborilishi yuzasidan kelishuvga erishildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Joriy yil 23-sentyabr kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Misr hukumati tomonidan mamlakatimizga insonparvarlik yordam sifatida ajratilgan 6240 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining oʻn beshinchi turkumini Sharm ash-Shayxdan Toshkentga yetkazib berdi. Ushbu dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlar oʻrtasida taqsimlanadi.
Qayd etish joizki, Misr gepatit “V” va “S” viruslariga qarshi kurashda dunyo miqyosida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishgan. Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mamlakat aholisi ushbu kasallikdan butunlay forigʻ etilgan boʻlib, Misr olimlari yaratilgan maxsus diagnostika apparatlari va orttirilgan tajribani oʻzbek mutaxassislari bilan baham koʻrishga tayyordir.
Shuni ham alohida taʼkidlash joizki, faqat aholini ommaviy skrining qilish va tezkorlikda olib boriladigan saʼy-harakatlar bilangina gepatitga chek qoʻyishi mumkin.
Misr sogʻliqni saqlash vaziri joriy yil fevral oyida Qohiraga oliy darajadagi tashrif doirasida Oʻzbekiston SSV bilan imzolangan Hamkorlik memorandumi ijrosi va oʻzaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qilish, shuningdek, “S” gepatitiga qarshi kurashda oʻzaro hamkorlikni yanada kengaytirish uchun amaliy safar bilan Toshkentga kelishga tayyor ekanligini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring