Toshkentda “Oʻzbekiston nodir qoʻlyozmalari” turkumidan faksimil nashrlar koʻrgazmasi oʻtkaziladi
Ekspozitsiyada Oʻzbekiston zaminidan yetishib chiqqan olimlar va shoirlar, buyuk mutafakkirlar asarlarining eng nodir namunalari oʻrin olgan
Oʻzbekiston madaniy merosi – Yangi renessans poydevori» V xalqaro kongressi doirasida International Hotel Tashkent mehmonxonasida qadimiy qoʻlyozma – Mirzo Ulugʻbekning “As-Sufiy” qoʻlyozmasi faksimil nusxasi jamoatchilikka taqdim etiladi.
Mazkur faksimil nusxa Oʻzbekiston madaniy merosini oʻrganish, saqlash va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tomonidan Avstriyaning Mueller&Shindler nashriyot uyida chop etilgan. Shu munosabat bilan “Oʻzbekistonning nodir qoʻlyozmalari” koʻrgazmasi tashkil qilinadi. Unda Oʻzbekistonda, umuman Markaziy Osiyo hududida yaratilgan eng nodir qoʻlyozmalar namoyish qilinadi. Koʻrgazmada “Oʻzbekiston madaniy merosi dunyo toʻplamlarida” loyihasi tomonidan qoʻlga kiritilgan yutuqlar namoyish qilinadi.
Mazkur loyiha doirasida dunyoning eng yirik kutubxonalari va muzeylarida saqlanayotgan, Oʻzbekiston madaniy merosi xazinasidan joy olgan bir qator qoʻlyozmalarning faksimil nusxalari yaratilib, yurtimizga olib kelindi. Ular orasida “Zafarnoma”, “Meʼrojnoma”, «Devoni Husayniy», “Katta Langar Qurʼoni” singari kitobat sanʼatining noyob durdonalari bor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring