AQSH tinchlik bitimi imzolansa, Ukrainaga “Tomahawk” raketalarini berishi mumkin

13:22 24 Noyabr 2025 Dunyo
91 0

Foto: Getty Images

“The Washington Post” yozishicha, AQSH tinchlikka erishilgan taqdirda Ukrainaga “Tomahawk” qanotli raketalarini xavfsizlik kafolati sifatida topshirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda.

Manbasi oshkor etilmagan amerikalik rasmiylarning aytishicha, AQSH prezidenti maʼmuriyati hozirgi tinchlik rejasida taklif etilgan xavfsizlik kafolatlari Ukrainani toʻliq ishontira olmayotganini yaxshi tushunmoqda.

— Urushdan keyingi tiyib turish choralarini kuchaytirish uchun tinchlik bitimi imzolansa, Ukraina “Tomahawk” raketalarini olishi mumkin, — deb yozadi WP.

Xabarga koʻra, raketalarni topshirish gʻoyasi Ukrainada Yevropa davlatlari qoʻshinlarini joylashtirishga alternativ sifatida koʻrilmoqda. Rossiya esa bunday joylashtirishga qatʼiyan qarshi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?