Tramp maʼmuriyati avval Ilon Mask boshqargan “DOGE” departamentini tugatdi
AQSH federal hukumatining samaradorligini oshirish boʻyicha departamenti (DOGE), avvalroq milliarder Ilon Mask rahbarlik qilgan mazkur tuzilma, vakolat muddati tugashiga sakkiz oy qolgani holda rasman tugatildi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.
Aslida departament faoliyati kelasi yil iyul oyida yakunlanishi rejalashtirilgan edi. Kadrlar boshqarmasi (OPM) direktori Skott Kupor “DOGE” haqida bergan savolga:
— “Bunday tuzilma mavjud emas”, — deb javob berdi. Uning aytishicha, bu endilikda “markazlashgan tashkilot” sifatida faoliyat yuritmaydi.
“Reuters”ga koʻra, “DOGE”ning koʻplab funksiyalari “OPM” tasarrufiga oʻtkazilgan.
Eslatib oʻtamiz, “DOGE” Donald Trampning 20-yanvar kuni inauguratsiya marosimida imzolagan ilk farmonlaridan biri sifatida tashkil etilgandi. Departament davlat xarajatlarini qisqartirish va federal agentliklarni qayta tuzish bilan shugʻullangan.
Ilon Mask departament rahbari etib tayinlangan edi. May oyining oxirida uning shartnomasi muddati tugaganidan soʻng Mask lavozimni tark etdi. Bu qaror Tramp bilan kelib chiqqan kelishmovchiliklar fonida qabul qilingan.
Mask ketganidan keyin “DOGE” hukumatdagi oʻz taʼsirini yoʻqota boshladi va bir nechta muhim xodimlar departamentni tark etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring