Milliy qonunchilikni JST bitimlariga uygʻunlashtirishning dolzarb masalalari muhokamasi
Adliya vazirligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamkorligida «Milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uygʻunlashtirish masalalari» mavzusida konferensiya boʻlib oʻtdi.
Anjuman ishida Qonunchilik palatasi deputatlari, vazirlik va idoralar, tadqiqot institutlari hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti vakillari ishtirok etdi. Unda milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti (JST) bitimlariga uygʻunlashtirishning dolzarb masalalari, ushbu tashkilotga aʼzo boʻlishdagi alohida oʻrni va ahamiyati hamda ilmiy savollar muhokama qilindi.
Xususan, adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Adliya vazirligi hamda 20 dan ortiq vazirlik va idoralarda JST masalalari boʻyicha boʻlinmalar tashkil etilganligini hamda milliy qonunchilikni uygʻunlashtirish boʻyicha doimiy ish olib borilayotganligini belgilab oʻtdi.
Oʻz navbatida, vazir oʻrinbosari 2023-2024-yillar davomida JST bitimlariga muvofiqlashtirish maqsadida 24 ta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani va 40 taga yaqin hujjatlar uygʻunlashtirilishiga erishilganini taʼkidladi.
Jumladan, JSTning «milliy rejim» tamoyiliga muvofiq tadbirkorlik subyektlarini hamda intellektual mulk huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishda mahalliy va xorijiy shaxslar uchun oʻrnatilgan davlat boji miqdorlari birxillashtirildi.
Bundan tashqari, Adliya vazirligida milliy qonunchilikni JST bitimlariga uygʻunlashtirish boʻyicha maxsus boshqarma tashkil etilganidan buyon 700 dan ortiq qonunchilik hujjatlari loyihalari JST qoidalariga muvofiqligi jihatdan ekspertizadan oʻtkazilganligi qayd etildi.
Shuningdek, ilmiy hamjamiyat tomonidan bu borada malakali kadrlarni tayyorlash masalalari va zaruriyati hamda oliy taʼlim muassasalarida JST qoidalari boʻyicha kurslarni takomillashtirishga alohida eʼtibor berilishi lozimligi taʼkidlandi.
Robiya BAXTIYOROVA,
OʻzDJTU xalqaro jurnalistika fakultetining 3-bosqich talabasi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring