Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qildi

Germaniyaning “Bavariya” klubi darvozaboni Manuel Noyer Germaniya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. Bu haqda Noyer oʻz qarorini “Instagram” orqali maʼlum qilgan.
Maʼlumki, Noyerning 2026-yilgi jahon chempionatida ham qatnashishi haqidagi xabarlar tarqalishi ortidan turli savollar paydo boʻla boshlagandi. Bundan tashqari, endilikda Noyer kuzda boʻlib oʻtadigan Millatlar Ligasi oʻyinlarida jamoa safida boʻlmaydi.
Maʼlumot uchun, Manuel Noyer 2009-yildan buyon Germaniya terma jamoasi safida 124 ta oʻyin oʻtkazgan. Transfermarkt portalida berilgan maʼlumotlarga koʻra, 38 yoshli germaniyalik futbolchining bozor qiymati 4 million yevroni tashkil qiladi.
Qayd etish kerakki, barcha davrlarning eng yaxshi darvozabonlaridan biri sifatida eʼtirof etiladigan Manuel Noyer oʻz faoliyati davomida koʻplab mukofotlarni qoʻlga kiritgan. Jumladan, “Bavariya” bilan bir necha marta Bundesliga chempionligi va Chempionlar Ligasi sovrinlariga ega chiqqan.
U oʻzining “soʻnggi himoyachi” uslubi bilan darvozabonlar orasida inqilobiy oʻzgarishlar qila olgan. Noyer 2014-yilgi futbol boʻyicha jahon chempionatida gʻolib chiqqan va shu chempionatda Germaniya terma jamoasining ham asosiy figurasi boʻlgandi.
Avvalroq, “Barselona”ning oʻtgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi jamoa bilan shartnomani bekor qilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring