Maktab oʻquvchisi boshqaruvidagi mashina YPX xodimini urib yubordi. Inspektor olgan tan jarohatlari sabab hayotdan koʻz yumgan
19-yanvar, yakshanba kuni tungi soat 1:45 da Navoiy shahar I.Karimov koʻchasida yoʻl-patrul xizmati inspektori mashina urib ketishi oqibatida vafot etdi.
Maʼlumotlarga koʻra, 2008-yilda tugʻilgan S.M. (umumiy oʻrta maktabning 10-sinf oʻquvchisi) otasiga tegishli boʻlgan “Kia Sonet” mashinasini tungi vaqtda davlat raqamisiz, yoʻl harakati qoidalariga rioya qilmay boshqarib yurgan chogʻida I.Karimov koʻchasida xizmat olib borayotgan Navoiy viloyati IIB YHXB yoʻl-patrul xizmati inspektori Jasurjon Muhammadov uni toʻxtatmoqchi boʻlgan. Haydovchi xodimning ishorasiga boʻysunmay, uni mashinada urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan.
Olgan ogʻir tan jarohatlari natijasida inspektor J.Muhammadov hodisa joyida hayotdan koʻz yumdi. 32 yoshli xodim 2017-yildan buyon ichki ishlar organlari tizimida xizmat qilib kelayotgandi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266 (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) va 117 (Xavf ostida qoldirish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring