Makron: Ukraina xavfsizligini taʼminlash uchun 20 dan ortiq davlat tayyor
Foto: AP
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taʼkidlashicha, 20 dan ortiq davlat Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taʼminlashda qatnashishga tayyorligini maʼlum qildi. Bu haqda TASS xabar berdi.
“Bugun 26 davlat rasman oʻz majburiyatini tasdiqladi. Ular Ukrainadagi qoʻshinlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida harbiy kontingent yuborish, yoki qurlikda, dengizda va havoda oʻz ishtiroki orqali Ukraina hududida xavfsizlikni taʼminlashga tayyor”, — dedi Makron Parijda oʻtgan koalitsiya sammiti yakunlarida.
Fransiya rahbari aytishicha, yana bir nechta davlat hali oʻz pozitsiyasini koʻrib chiqmoqda.
Shuningdek, Makron “koʻngillilar koalitsiyasi” yaqin kunlarda AQSHning Ukraina xavfsizligini taʼminlashga qoʻshadigan hissasini kelishib olishini maʼlum qildi.
“Yaqin kunlarda AQSHning qoʻllab-quvvatlash masalasini yakuniylashtiramiz. Biroq hozirdanoq maʼlumki, koalitsiyaga kirgan Yevropa, Osiyo, Tinch okeani mintaqasi davlatlari hamda Kanada muayyan majburiyatlarni oʻz zimmasiga oldi”, — dedi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring