“Mahallada duv-duv gap”

19:59 05 Yanvar 2024 Jamiyat
779 0

Ayni paytda Fargʻona viloyatida viloyati boʻylab oʻtkazilayotgan “Yangi hayot uchun, yangi Oʻzbekiston uchun!” shiori ostidagi “Mahallada duv-duv gap” tadbirlari doirasida har bir mahalla qamrab olindi. Shu tariqa Yangi yil shukuhi bilan uygʻunlashgan uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoshu keksaga birdek manzur boʻlayotir.

— Yuzma-yuz muloqotlarda Yangi Oʻzbekistonni bunyod etish yoʻlida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, yangilik va oʻzgarishlarning xalqimiz hayotidagi aniq misollar yordamida tushuntirilyapti, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat boʻlimi mutaxassisi Shavkatjon Toʻychiyev. — Bu kabi uchrashuvlar, eng avvalo, hamyurtlarimizning islohotlarga daxldorlik tuygʻusini yanada oshirishi bilan ahamiyatlidir.

Taʼkidlash joiz, shahar-tumanlarda boʻlib oʻtayotgan tadbirlarda mahalla faollari, nuroniylar, yangi avlod vakillari, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar aʼzolari taklif etilyapti. Samimiy suhbatlarda Prezidentimiz raisligida 2023-yil 22-dekabr kuni oʻtkazilgan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi yigʻilishidagi ustuvor vazifalar haqida soʻz yuritilib, xalqimizning baxtli va farovon hayoti, yurt kelajagi uchun har birimiz masʼul ekanligimiz taʼkidlanmoqda.

Oʻz navbatida tadbirlar doirasida mahalladagi yolgʻiz keksalar va nogiron yoshlarning holidan xabar olinyapti. “Mahalladagi maʼrifatli ayol”, “Mahalladagi odobli qiz”, “Mahalla kelini” kabi nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblar aniqlanib, munosib ragʻbatlantirilmoqda. Madaniy-maʼrifiy uchrashuvlarda taniqli ijodkorlar, sanʼatkorlar chiqishlari barchaga xush kayfiyat baxsh etayotir.

Shu tariqa viloyat miqyosida bir oy davom etadigan “Mahallada duv-duv gap” loyihasi 5 ta yoʻnalishda tashkil etiladi va unda viloyatdagi barcha mahallalar toʻliq qamrab olinishi rejalashtirilgan. Shuningdek, taʼlim va fan namoyandalari, yozuvchi-shoirlar, madaniyat va sanʼat sohasi vakillari ishtirokida muloqotlar oʻtkaziladi. Teatrlar, muzeylarga sayohatlar uyushtirilib, mahallada joylashgan taʼlim muassasalarida kitob yarmarkalari, “Zakovat”, “Ibrat farzandlari”, “Mutolaa”, “Besh muhim tashabbus” va “Armiya – vatanparvarlik va jasorat maktabi” kabi tadbirlarni tashkil etish maqsad qilingan.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер