Madaniy meros agentligiga shu yilning oʻtgan davrida yuzdan ortiq murojaatlar kelib tushgan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror va topshiriqlari va Hukumatning farmoyish, qaror va topshiriqlari, Davlat rahbarining respublika hududlariga qilgan tashriflari davomida tasdiqlangan yigʻilish bayonlari hamda Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi tomonidan Agentlikka belgilangan vazifalar asosida ijro nazorati doimiy monitoringi olib borilmoqda.
Agentlikda “E-ijro” elektron tizimidagi topshiriqlar ijrosini taʼminlash yuzasidan vazirlik va idoralar bilan hujjat almashinishda “E-Hujjat” elektron hujjat aylanish dasturi asosida «E-XAT» himoyalangan elektron pochta imkoniyatlaridan samarali foydalanib kelinmoqda.
Agentlikda ish yuritish, hujjatlar bilan ishlash, meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va topshiriqlar bajarilishida nazorat tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
Shunga koʻra, Agentlikka 2022-yil yanvar-noyabr oylarida jami 6297 ta xat, hujjat va topshiriqlar hamda 298 ta jismoniy va yuridik shaxslar murojatlari kelib tushgan.
Ushbu hujjatlar:
- Prezident Administratsiyasidan 167 ta xat va topshiriqlar;
- Oliy Majlisdan 56 ta xat va topshiriqlar;
- Vazirlar Mahkamasidan 859 ta xat-xabar va topshiriqlar;
- Turizm va madaniy meros vazirligi 1629 ta xat-xabar va topshiriqlar;
- Vazirliklar va tashkilotlardan 2168 ta xat-xabar va topshiriqlar;
- Agentlik tizim tashkilotlaridan 1027 ta xat va hujjatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu hujjatlardan 6133 tasiga belgilangan tartibda javob berilgan va ijrosi taʼminlangan boʻlib, qolgan 164 ta xat va hujjat boʻyicha ijro harakatlari olib borilmoqda.
Respublika hududlaridagi jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojatlar boʻyicha:
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasidan 181 ta murojaat;
- Agentlikka toʻgʻridan-toʻgʻri kelib tushgan murojaatlar 117 tani tashkil etib, ushbu murojaatlarning barchasi belgilangan tartibda oʻrganib chiqildi hamda natijasi boʻyicha mualliflarga huquqiy tushuntirishlar berilib, qanoatlantirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni hamda 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarori talablariga muvofiq Agentlik tomonidan “Ijro.gov.uz” tizimiga kiritilgan topshiriqlar Agentlikning tegishli boʻlimi tomonidan batafsil monitoring qilib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring