London markazida oʻzbek milliy taomlari restorani ochildi
Buyuk Britaniya poytaxti London shahrining markaziy koʻchalaridan birida oʻzbek milliy taomlari tamaddixonasi ochildi.
Restoran oʻzbek diasporasining faol vakillari tomonidan Oʻzbekiston elchixonasi koʻmagida tashkil etildi.
Oʻzbek milliy taomlari restorani Londonning eng mashhur va gavjum hamda nufuzli koʻchalaridan biri – shahar aholisi va uning mehmonlari uchun diqqatga sazovor joy boʻlgan Pikadilli maydonida joylashgan.
Londonga har yili dunyoning turli burchaklaridan 40 milliondan ortiq sayyoh tashrif buyuradi. Sayyohlar mamlakat iqtisodiyotiga qariyb 36 milliard dollar foyda keltiradi.
Yangi tamaddixona Buyuk Britaniya poytaxtidagi Oʻzbekistonning oʻziga xos ramziga aylanishi kutilmoqda. Bu yerda mehmonlar, shuningdek, eng yaxshi oʻzbek dizaynerlari tomonidan yaratilgan milliy uslublar bilan tanishishlari mumkin. Unda koʻplab xalq amaliy sanʼati namunalari, rasmlar, milliy musiqa asboblari namoyish etilmoqda, ular sharqona taom muhitini ham oʻz ichiga olgan.
Restoran xodimlari uchun maxsus tikilgan kiyimlarda oʻzbek milliy liboslari elementlari kiritilgan. Menyudan esa palov, shoʻrva, manti, doʻlma, qoʻzichoq, tovuq yoki aralash goʻshtdan tayyorlangan oʻnga yaqin kaboblar oʻrin olgan.
— Gastronomiyasiz mamlakat yoʻq. Oʻzbekistonda palov milliy taom hisoblanadi. Anʼanaga koʻra, shifobaxsh xususiyatlarga ega boʻlgan palovimiz maxsus choʻyan qozonda baland va past olovda bir necha soat davomida pishiriladigan taomdir. Palov odatda mol yoki qoʻy goʻshti, guruch, noʻxat va sabzidan tayyorlanadi. Samarqand, Fargʻona, Toshkent, Qashqadaryo, Buxoro yoki Xorazmda palovga turli xil sabzavotlar va ziravorlar ham qoʻshiladi. Bayram va kundalik palov retseptlari ham bor, — deydi restoran asoschisi Muzaffar Sodiqov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring