Zamonaviy AKTlarni yaxshi oʻzlashtirish yaxshi. Ammo...
Said Donishev/«Xalq soʻzi». Yaqinda qizim bilan Telegram kanallaridagi zararli axborotlar, kiber jinoyatchilarning turli aldovlari tufayli odamlar plastik kartalaridagi pullaridan ayrilib qolayotgani haqida gaplashdik. Unga hushyor boʻlishi, internetdagi shubhali havolalarga kirmaslikni tayinladim. Shuningdek, YouTube tarmogʻi orqali tarqalayotgan videoroliklarni koʻrayotganda hech qaysiga layk bosmaslikni maslahat berdim.
Bunga yaqinda Telegramda koʻrgan bir videorolik sabab boʻldi. 57 yoshdagi bir ayol jinoiy javobgarlikka tortilgan. Sababi, u 5-yil muqaddam Turkiya davlatida ishlab yurganida bilib-bilmay taʼqiqlangan diniy tashkilot tomonidan tarqatilgan videoga layk bosgan. Ayolning oʻzi bu videoni koʻrgan, koʻrmaganini eslay olmaydi. Balki uning telefoni boshqa kimsaning qoʻliga tushib, laykni oʻsha odam bosib yuborgandir.
Nabiralarimga ham internetda tarqatilayotgan hamma axborotlar foydali emasligi, ularning orasida odamlarga zarar keltiradigan axborotlar koʻpligini tushuntirdim.
Toʻgʻri, bugungi yoshlar zamonaviy, bilimdon. Telefon, kompyuter va boshqa texnika vositalarini chuqur oʻzlashtirgan. Ammo baribir yaxshi-yomon, oq-qorani ajratolmaydi. Shundan hayotda qoqilishlari ehtimoli yuqori. Kiber jinoyat atamasi bilan hayotimizga kirib kelgan oʻn boshli ajdarho hech narsadan tap tortmayapti. Bitta “layk” uchun yosh jonini xatarga qoʻyib, taʼqiqlangan anhor boʻylari yoki yurib ketayotgan mashina, poyezd ustiga chiqib oʻzini videoga olish oqibatida yoshlar orasida oʻlim soni koʻpayib borayotganini ham barchamiz koʻrib, eshitib turibmiz. Qolaversa, maʼnaviyati va hayotiga xavf solayotgan internet oʻyinlari orqali tushkunlikka tushib, oʻz hayotini izdan chiqarayotganlar ham afsuski, yoʻq emas. Ayniqsa, Telegram ijtimoiy tarmogʻi orqali yolgʻon xabarlar joʻnatib, akkauntlarni buzib kirmoqda. Akkaunt egasi nomidan buzgʻunchi gʻoyalar tarqatib, plastik kartalar hisobidagi pullarni yechib olmoqda.
Odob-axloq masalalari yoki yoʻllarda harakat xavfsizligi qoidalari bolalikdan oʻrgatilishini yaxshi bilamiz. Internatda tarqatilayotgan axborotlardan foydalanish madaniyatini bogʻchalardan tortib, yuqori sinflargacha farzandlarimizga oʻrgatishimiz zarurligini hayotining oʻzi koʻrsatib turibdi. Xulosa oʻzingizdan!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring