Kreditini vaqtida qaytarmagan fuqaro mashinasini begonaning uyiga yashirdi

12:18 11 Iyul 2024 Jamiyat
351 0

Foto: Majburiy ijro byurosi

Kreditini vaqtida qaytarmagan fuqaro xatlovdagi mashinasini begonaning uyiga yashirganligi aniqlandi. Majburiy ijro byurosi bu haqda “Xalq soʻzi”ga maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, “MAZDA 5 AT” rusumli avtomashina begonaning uyiga yashirib qoʻyilgan. Fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudining ajrimiga asosan qarzdor “G.F” MCHJga tegishli boʻlgan “MAZDA 5 AT” rusumli avtomashinasini xatlovda boʻlgan.

Maʼlum qilinishicha, fuqaro “Madad Invest Bank” ATBdan kredit olgan va uni oʻz muddatida qaytarmagan. Shu sababli, kredit qarzdorligini garov mulkiga qaratish kerak edi. Ushbu ijro hujjati Byuroning Fargʻona viloyati boshqarmasi AMIB boʻlimi ish yurituviga kelib tushgan va ijro ishi qoʻzgʻatilgan.

Ijro harakatlari davomida koʻrsatilgan manzilga bir necha marotaba borib koʻzdan kechirilganda, avtomashina yoʻqligi aniqlangan. Keyinchalik ushbu mashina Margʻilon shahrida begona fuqaroning yashash xonadoniga yashirilgani aniqlanib, qidiruv shoʻbasi inspektori tomonidan xatlangan va saqlash uchun jarima maydonchasiga olib borilgan.

Avvalroq fuqaro alimentdan 8-yillik qarzi uchun 10 ming dollar toʻlganligi haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?