Toshkentda diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol turniri tashkil etildi

17:20 18 Oktyabr 2025 Jamiyat
199 0

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Bugun, 18-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasida akkreditatsiyadan oʻtgan diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar oʻrtasida XІX xalqaro mini-futbol musobaqasi oʻtkazildi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Ushbu turnir Oʻzbekiston Respublikasi Tashki ishlar vazirligi huzuridagi Diplomatik servis xizmati va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi koʻmagida tashkil etilgan boʻlib, musobaqa Olmazor tumanidagi Respublika oliy sport mahorati maktabining “Chigʻatoy” stadionida boʻlib oʻtdi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

XІX xalqaro mini-futbol turnirini oʻtkazishdan asosiy maqsad diplomatik vakolatxonalar xodimlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli va maroqli oʻtkazishini taʼminlash, ularning norasmiy, doʻstona muloqoti uchun sharoit yaratishdir.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Mazkur tadbir diplomatik vakolatxonalarning sportga boʻlgan qiziqishini yanada oshirib, mamlakatlar oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Mini-futbol turnirida elchilar, diplomatlar, elchixonalar va xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalari xodimlari ishtirok etdi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Mazkur tadbirda 18 ta diplomatik vakolatxona va tashkilotlar jamoalari ishtirok etdi. XІX xalqaro mini-futbol turniri ishtirokchilari bilan quyidagi roʻyxatda tanishishingiz mumkin:

  • Amerika Qoʻshma Shtatlari elchixonasi;
  • Birlashgan Arab Amirliklari elchixonasi;
  • Fransiya Respublikasi elchixonasi;
  • Hindiston Respublikasi elchixonasi;
  • Eron Islom Respublikasi elchixonasi;
  • Qirgʻiz Respublikasi elchixonasi;
  • Rossiya Federatsiyasi elchixonasi;
  • Rumыniya elchixonasi;
  • Tojikiston Respublikasi elchixonasi;
  • Shveysariya Konfederatsiyasi elchixonasi;
  • Xitoy Xalq Respublikasi elchixonasi;
  • Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT);
  • Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki;
  • “LUKOYL” kompaniyasi;
  • GIS — Xalqaro maktab (Global International School);
  • VFS.Global — Viza xizmatlari markazi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Diplomatik servis xizmati” DUK.
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Bundan tashqari, diplomatik vakolatxonalar xodimlarining oila aʼzolari uchun alohida badminton, arqon tortish va 100 metrga yugurish kabi musobaqalar ham oʻtkazildi.

Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”
Foto: Akmal Muhammadov/“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер