Konstitutsiyaviy qonun loyihasida ayrim boʻshliqlar aniqlanib, ularni huquqiy jihatdan toʻldirishga qaratilgan qoidalar kiritildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum oʻtkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.
Qoʻmita yigʻilishlarida dolzarb ahamiyat kasb etgan bir qancha takliflar muhokama etildi va asosli deb topilgan takliflar qonun loyihasini takomiliga yetkazishda foydalanildi. Masʼul qoʻmita qonun loyihasini takomillashtirish jarayonida tashabbuskor deputatlar hamda mutaxassislar bilan ham samarali hamkorlikni yoʻlga qoʻydi.
Shuningdek, qonun loyihasida ayrim boʻshliqlar aniqlanib, ularni huquqiy jihatdan toʻldirishga qaratilgan qoidalar kiritildi. Jumladan, qonun loyihasining konsepsiyasida saylovlarni professional tarzda tashkil etish va oʻtkazishga qodir boʻlgan saylov organlarining vertikal tizimini tuzish taklif etilgan. Shu bois, loyiha bilan endilikda barcha darajadagi saylov komissiyalarining vakolatlari Saylov kodeksida aniq ochib berilmoqda. Biroq, Kodeksda belgilab boʻlmaydigan tashkiliy-texnik masalalar, aniqrogʻi saylov komissiyalarida ish yuritish tartibi kim tomonidan belgilanishi ochiq qolib ketgan edi. Shundan kelib chiqib, Saylov kodeksining 26-moddasi uchinchi qism bilan toʻldirilib, unda “hududiy, tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalarida ish yuritish tartibi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanishi” aniq koʻrsatib oʻtildi.
Shu bilan birga, Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bilan partiya roʻyxatidagi ketma-ketlikda kamida har besh nafar nomzodning ikki nafari ayol kishi boʻlishi nazarda tutilyapti. Bu esa gender tengligini taʼminlash, xotin-qizlarning oʻz salohiyatlarini roʻyobga chiqarishga imkon beradi.
Deputatlarning qayd etishicha, Konstitutsiyaviy qonun loyihasining qabul qilinishi saylov va referendum toʻgʻrisidagi qonunchilikni yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiqlashtiradi, parlamentni shakllantirishning yangi zamonaviy tizimini yoʻlga qoʻyadi hamda ushbu jarayonda siyosiy partiyalarning ishtiroki va rolini oshiradi.
Majlisda Konstitutsiyaviy qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring