Konstitutsiyaviy komissiya raisi BAAda vatandoshlar bilan uchrashdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov ishtirokida BAAda mehnat faoliyati bilan shugʻullanayotgan vatandoshlarimiz bilan Bosh qomusimizga kiritilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi.
Konstitutsiyaviy komissiya raisi Akmal Saidov ishtirokchilarga soʻnggi yillarda respublikamizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga kiritish taklif etilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalarning mazmun-mohiyati, Samarqandda oʻtkazilgan SHHT sammiti yakunlari toʻgʻrisida soʻzlab berdi.
—Taklif etilayotgan oʻzgartish va qoʻshimchalar umumxalq muhokamasidan oʻtkazildi, ular, shuningdek, Konstitutsiyaviy komissiya tomonidan batafsil tahlil qilinganidan keyin eng maqbullari Bosh qomusimizga kiritiladi, — dedi Akmal Saidov. – Yurtdoshlarimizning hohish-istaklari “meningkonstitutsiyam.uz” portali orqali qabul qilindi.
Davra suhbati ishtirokchilarining konstitutsiyaviy islohotlarga oid barcha savollariga A. Saidov batafsil javob berdi.
Boʻlib oʻtgan muloqot yakunida BAAda istiqomat qilayotgan vatandoshlar Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan oʻzgarishlar, xususan, konstitutsiyaviy islohotlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yakdil ekanliklarini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
- Saudiya Arabistonida birinchi Islom sanʼati biyennalesining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring