Kongoda nomaʼlum kasallik tarqalmoqda. Uning pandemiyaga aylanish ehtimoli qanday?
2024-yilning oktyabr oyi oxirida Kongo Demokratik Respublikasida nomaʼlum kasallik tarqalib, koʻplab bemorlarning oʻlimiga sababchi boʻlgan edi. Kvango provinsiyasidagi Panzi tibbiyot-sanitariya zonasida aniqlangan nomaʼlum kasallik bezgakning ogʻir shakli boʻlib chiqdi. Bu haqda “USA Today” Kongo DR sogʻliqni saqlash vazirligiga tayanib xabar berdi.
“Bu sir nihoyat ochildi. Nomaʼlum virus nafas olish yoʻllari kasalligi koʻrinishidagi ogʻir bezgakning bir turi ekanligi aniqlandi. Toʻyib ovqatlanmaslik mahalliy aholini zaiflashtirib, ularda kasalliklarga nisbatan zaif immunitetni yaratgan”, — deyiladi sogʻliqni saqlash vazirligi bayonotida.
Kongo DR hukumati rasmiy maʼlumotiga koʻra, kasallanganlar soni jami 593 nafar, shulardan 36 nafari vafot etgan. Oʻz navbatida, avvalroq Kvango provinsiyasi maʼmuriyati 143 kishi oʻlganini tasdiqlagan edi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Kongo vazirligining ushbu bayonotidan xabardor emasligini maʼlum qildi.
“Kasallikning sababini aniqlash uchun hamon laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilmoqda. Baʼzi namunalar JSST laboratoriyasiga taxminan 48 soat davomida yetib kelmoqda, shuning uchun kasallikni aniqlash uchun juda koʻp vaqt kerak boʻlmoqda”, — deydi JSST.
JSST maʼlumotiga koʻra, har yili jahonda 620 ming kishi, asosan bolalar bezgak kasalligidan vafot etadi. Oʻlim holatlarining 93 foizi Afrika mamlakatlariga toʻgʻri keladi. Kongodagi ushbu kasallikning global pandemiyaga aylanish ehtimoli past deb baholanmoqda. Shunga qaramasdan, Afrika mamlakatlari xavfli kasalliklar oʻchogʻiligicha qolyapti.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring