Kitobda 6 oyda xotin-qizlarga nisbatan 125 ta tazyiq va zoʻravonlik holati yuz berdi
Bu haqda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kitob tumani boʻlinmasi, ichki ishlar, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi hamkorligida Bogʻbon va Hoji mahalla fuqarolar yigʻinlarida “Biz xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlik va tazyiqqa qarshimiz!” mavzusida davra suhbatida aytib oʻtildi.
— Soʻnggi uch yilda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq va manfaatlari himoyasiga qaratilgan 24 ta normativ-huquqiy hujjat, shu jumladan, 2 ta qonun, Prezidentning 6 ta qaror va farmoni, Vazirlar Mahkamasining 16 ta qarori qabul qilindi, — deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Kitob tumani boʻlinmasi rahbari Gulandon Sattorova. – Shunga qaramasdan joriy yilning oʻtgan davrida Kitobda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik qilish holati 125 tani tashkil etgani juda achinarli holdir. Xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik holati Ali Qushchi, Sanam, Charimgar va Birlik mahalla fuqarolar yigʻinida ayniqsa koʻproq uchrayotgani mahalla raislari, faollari va kayvoni otaxonu onaxonlarni koʻproq tashvishga solishi lozim.
Oilalardagi kelishmovchiliklarni iqtisodiy masalalar bilan bogʻlash ham unchalik toʻgʻri boʻlmaydi. Toʻgʻri, tumanda ishsizlar koʻp, ammo bugun hududda kichik biznesni rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilyapti. Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, issiqxona xoʻjaligi tarmoqlarida faoliyat yuritish uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Davra suhbatida oilalar bilan ishlashda jamoatchilik kengashlari faoliyatini kuchaytirish, ishsiz va hunarsiz fuqarolar bandligini taʼminlash orqali er-xotin munosabatlarni izga solish boʻyicha taklif va mulohazalar bildirildi.
Faxriddin Bozorov,
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring