Xorazmdagi kiyim-kechak bozorlaridan birida yirik yongʻin yuz berdi

15:00 07 Noyabr 2024 Jamiyat
254 0

Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan kiyim-kechak bozorlaridan birida yirik yongʻin sodir boʻldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmati hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.

Bildirilishicha, bugun, 7-noyabr kuni soat 12:53 da tumanning Shermatlar MFY, Gurlan koʻchasida joylashgan kiyim-kechak savdo doʻkonlarida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.

Shunga koʻra 8 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji soat 12:59 da hodisa joyiga yetib borib, yongʻin soat 13:20 da oʻrab olingan va soat 13:50 da oʻchirilgan.

“Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yoʻq”, deyiladi vazirlik xabarida.

Qoʻshimcha qilinishicha, hozirda yongʻin sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda aytilishicha, bozor yaqinida turgan 3 ta avtomobil ham yonib zararlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер