Shovotda 2 ta transformator yangilandi

16:52 08 Iyul 2024 Jamiyat
174 0

Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali tomonidan ortiqcha yuklamada ishlayotgan nimstansiyalar quvvati oshirish, isteʼmolchilarni uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Shu maqsadda viloyatga quvvati 40 000 kVA boʻlgan ikkita yangi transformator olib kelindi. Bunday yuqori quvvatdagi transformator ilk marta Shovot tumanida joylashgan “Shovot” nimstansiyasiga oʻrnatildi.

— Modernizatsiya tufayli 12 ming aholi xonadoni va 1000 ga yaqin ulgurji isteʼmolchilarning energiya taʼminoti yaxshilandi, — deydi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Xorazm hududiy filiali rahbari Suhrob Beregin. — Ilgari mazkur nimstansiyadagi transformator zoʻriqish bilan ishlashi sababli isteʼmolchilarga elektr energiyasini uzatishda qisqa muddatli cheklovlar kiritishga majbur boʻlardik. Endilikda bu muammo barham topib, energiyani uzluksiz berish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek, Qoʻshkoʻpir tumanida joylashgan “Qoʻshkoʻpir” nimstansiyadagi mavjud 10 000 kVA quvvatli kuch transformatori oʻrniga 25 000 kVAlik transformator qoʻyildi. Natijada, 20 000 dan ortiq xonadon va 1500 ga yaqin kichik, oʻrta va yirik ishlab chiqarish obyektlarining elektr energiyasi taʼminoti tartibga solindi. Bundan tashqari, tumanda yangidan tashkil qilinishi rejalashtirilgan ishlab chiqarish korxonalari va koʻp qavatli xonadonlar uchun ushbu nimstansiyada 15 000 MVA qoʻshimcha quvvat yaratildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?