Xorazmda otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash masalalariga bagʻishlangan Respublika oʻquv seminari tashkil etildi
Odilbek Odamboyev/“Xalq soʻzi”. Xorazm viloyatida otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash masalalariga bagʻishlangan Respublika oʻquv seminari tashkil etildi. Uch kun davom etgan seminarda viloyatlardan tashrif buyurgan masʼul mutasaddilar Xorazm tajribasi bilan yaqindan tanishdilar. Biz ularning ayrimlarini suhbatga chorladik.
Umid Nurakboyev – Ichki ishlar vazirligining boʻlim boshligʻi, seminar ishtirokchisi:
— Davlatimiz rahbarining alohida eʼtibor va gʻamxoʻrligi tufayli yoshlar bilan ishlash borasida mutlaqo yangi tizim yaratilib, har bir mahalla, har bir xonadongacha kirib borilmoqda. Joriy yilda Xorazm viloyatida huquq-tartibot va mudofaa organlari tomonidan yoshlarni otaliqqa olib ishlash tizimi namunali tarzda yoʻlga qoʻyildi. Viloyatdagi 187 ming 795 nafar yoshlar 7 ta toifaga ajratilib, ular 4 ta sektor kesimida 6 ta masʼul huquq-tartibot va mudofaa organlari, yaʼni, prokuratura, ichki ishlar, milliy gvardiya, adliya, mudofaa va favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining 974 nafar ofitser va xodimlariga nomma-nom biriktirildi. Otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqilib, bosqichma-bosqich amalga oshirib kelinmoqda. Seminar davomida bu boradagi tajribalarni oʻrtoqlashish va yangiliklarni boshqa viloyatlarda ham keng joriy etish maqsad qilingan.
Nasriddin Bozorov – Milliy gvardiya Buxoro viloyati boshqarmasi boʻlim boshligʻi, seminar ishtirokchisi:
— Seminar davomida Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomli harbiy akademik litsey faoliyati, IT parkda yoshlarning raqamli texnologiyalarni oʻzlashtirib erishayotgan natijalari, harbiy qismda tashkil etilgan “Vatanga sodiq yoshlar” loyihasi bilan tanishdik. Shuningdek, yoshlarga dehqonchilik qilish uchun yer maydonlari ajratish orqali ularning bandligini taʼminlash, Xiva shahridagi 18-sonli maktabda oʻquvchilarga xorijiy til va kasbga oʻrgatish borasida amalga oshirilgan ishlar, Urganchdagi “Ishga marhamat!” monomarkazidagi yangiliklar, Xiva tumanidagi Istiqlol mahallasida “Jinoyatdan holi hudud” loyihasi, Yangibozor tumanida iqtidorli oʻquvchilar uchun tashkil qilingan dam olish oromgohi faoliyati seminar ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi. Biz uch kun davomida otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash boʻyicha yagona yondashuvni shakllantirish boʻyicha Xorazm tajribasini oʻz hududimizda joriy etish yuzasidan zarur amaliy koʻnikmalarga ega boʻldik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring