Xatirchi va Guliston tumanlarida yer maydonlarining noqonuniy sotilishining oldi olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xatirchi tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda “P.N.» fermer xoʻjaligi rahbari N.P. xoʻjalikning 1,4 gektar sugʻoriladigan yer maydonini fuqaro Sh.Sh.ga goʻyoki tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimida ishlovchi tanishlari orqali uning nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 200 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Guliston tuman boʻlimi tomonidan DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro T.E. oʻziga sabzavotchilik yoʻnalishida fermer xoʻjaligi tashkil etish uchun ajratilgan 5,8 gektar sugʻoriladigan yer maydonini fuqaro B.D.ga 16 500 AQSH dollariga sotishga kelishib, tanishlari yordamida rasmiylashtirib berishni vaʼda qilib, oldindan 9 900 AQSH dollari va 1,15 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-6-moddasi (sugʻoriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga boʻlgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda oʻzga shaxsga berish) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring