Xalqaro kuzatuvchilar Samarqandda saylovga hozirlik jarayonlari bilan tanishdilar

18:48 07 Iyul 2023 Jamiyat
388 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Xususan, bugun 7-Samarqand okrug saylov komissiyasiga Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Nikolay Bulayev, komissiya aʼzolari, Rossiya hamda tailandlik deputat va jurnalistlar saylov okrugida boʻlib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

7-Samarqand okrug saylov komissiyasi raisi X. Muhammadiyev xalqaro kuzatuvchilarga mamlakatimiz saylov qonunchiligi, muddatidan ilgari oʻtkazilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining oʻziga xos jihatlari haqida maʼlumot berdi. Uchrashuvlar chogʻida Samarqand viloyatida saylovga tayyorgarlik jarayoni hamda okrug komissiyasi faoliyati yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.

— Oʻzbekistondagi saylov jarayonlarini birinchi marta kuzatyapman, — deydi Tailanddagi “Ambassador World Magazine” jurnali bosh direktori Amonvan Ruangatabat xonim. — Buning uchun mamlakatingizning “Saylov kodeksi” bilan yaqindan tanishdim, saylovga tayyorgarlik ishlarini kuzatdim. Hammasi qonun doirasida, xalqaro standartlarga mos oʻtmoqda.

Oʻrganishlar davomida Samarqanddagi okrug komissiyasi faoliyati toʻgʻrisida ham koʻp maʼlumotlarga ega boʻldim. Umuman, tarixiy kent menga juda yoqdi. Odamlarning kayfiyati juda yuqori. Ular saylovga befarq emas.

Xalqaro kuzatuvchilar viloyatdagi saylov uchastkalarida boʻlishdi. Shuningdek, shaharning diqqatga sazovor joylarini tomosha qildilar.

Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер