Xalachda ilk bor Afrika tuyaqushi parvarishi yoʻlga qoʻyildi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Vobkent tumanidagi “Xalach” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi Muxtorovlar xonadoniga kirgan kishining nazari yapon, bulgʻor, brama, hind tovuqlariga tushadi. 160 bosh oʻrdakni aytmaysizmi? Bu yerda yaqinda Afrika tuyaqushi parvarishi ham yoʻlga qoʻyildi.
— Uy sharoitida parranda boqib kam boʻlayotganimiz yoʻq, — deydi choyxonada oyoq uzatib oʻtirishni xayoliga ham keltirmagan 73 yoshli Muzaffar Muxtorov. — Biz bu sohaga nafaqat pul topish, roʻzgʻorni but qilish manbai, balki ekoturizmning bir yoʻnalishi sifatida ham qarayapmiz. Shu boisdan faoliyatimizni asta-sekin kengaytirib bormoqdamiz. Tuyaqushlarga kelsak, ular mahalladoshlarimizda katta qiziqish uygʻotmoqda. Joʻjasi uch-toʻrt yilda voyaga yetib, tuxum qoʻyishni boshlaydi. Vazni 80 – 100 kilogramm tosh bosadi. Goʻshti salomatlik uchun foydali. Chunki tarkibida xolesterini kam. Undan tansiq taomlar tayyorlanadi.
Suhbatdoshimizning taʼkidlashicha, bir bosh buqaga qilinadigan sarf-xarajatga 12 bosh tuyaqush boqish mumkin. Bu bir yilda 1 tonna 200 kilogramm goʻsht, deganidir. Vaholanki, bir bosh hoʻkizni parvarishlash uchun toʻrt-besh yil ketadi.
Tuyaqush yiliga 80 tadan 110 tagacha tuxum beradi. Terisidan ayollar sumkalari tayyorlanadi. Hatto kiprigi ham pul turadi. Binobarin, otaxonning bu tashabbusi qoʻllab-quvvatlansa, Vobkentda butun boshli tuyaqushchilik fermasi yuzaga kelsa ajab emas.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring