“Katta toʻrtlik” “Navoiyuran” IFRS moliyaviy hisobotlariga ijobiy xulosa berdi
Temur Eshboyev/“Xalq soʻzi”. Prezidentimizning “2022 — 2030-yillarda “Navoiyuran” DKda uranni qazib olish, qayta ishlash hajmlarini oshirish hamda uni transformatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida mazkur korxona faoliyatini xalqaro standartlarga moslashtirish, “SCADA Dashboard” ishlab chiqarish jarayonlarini tahlil va resurslarni boshqarish tizimi “ERP”ni joriy qilish, zamonaviy inson resurslarini boshqarish (HR) tizimini qoʻllash, uran zaxiralarini Avstraliyaning JORC kodeksi talablariga muvofiq baholash, hisobotlarni Moliyaviy Hisobotlarni Xalqaro Standartlariga (IFRS) oʻtkazish hamda xalqaro kredit reytingini olish kabi tadbirlarni amalga oshirish belgilangan.
— Ushbu korxonaning moliyaviy hisobotlari IFRS standartlarini “birinchi marta qoʻllash” (“First time adoption”) talablari asosida tayyorlandi, — deydi “Navoiyuran” DK Loyiha ofisi Aktivlarni va zaxiralarni xalqaro standartlarga muvofiq baholash va MHXSni joriy etish boʻlimi boshligʻi Aʼloxoʻja Abdullaxodjayev. — Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlari talabidan kelib chiqib, korxona balansidagi asosiy konlarning (17ta) uran zaxiralari “SRK Consulting” xalqaro kompaniyasi tomonidan Avstraliyaning JORC kodeksi talablariga muvofiq baholandi. Zaxiralar miqdori 70,7 ming tonna deb topildi. Shuningdek, uzoq muddatli aktivlarning haqqoniy bahosi (“Fair Value”) aniqlanib, 2023-yil yakuni bilan ularning qiymati qariyb 6 trln soʻmni tashkil etdi.
IFRS standartlariga muvofiq korxonaning 2023-yil uchun sof foydasi 2,9 trln soʻm tashkil etgani tasdiqlandi.
“Navoiyuran” davlat korxonasi mutaxassislari tomonidan IFRS standartlari ishlab chiqilgan 2022-2023-yillar moliyaviy hisobotlari “Katta toʻrtlik” safiga kiruvchi “Deloitte” auditorlik tashkiloti tomonidan auditdan oʻtkazildi. Hisobotlarga ijobiy xulosa berildi. Ushbu auditor tashkilotlarining bunday xulosasi korxonaning buxgalteriya, hisob-kitob, moliya tizimi toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganini, tayyorlangan moliyaviy hisobotlar haqiqatga mosligi va ushbu hisobotlar asosida korxona investitsiya loyihalariga davlat kafolatisiz mablagʻ jalb qilish mumkinligini anglatadi.
Korxonaning Loyiha ofisi maʼlumotlariga koʻra, moliya yoʻnalishidagi transformatsiya jarayonlarini keyingi bosqichi bu – Fitch Ratings agentligidan kredit reytingini qoʻlga kiritish hisoblanadi.
Prezident qaroriga muvofiq, “Navoiyuran” DKga xalqaro reyting agentliklari biridan kredit reytingini qoʻlga kiritish, joriy yilning oktyabr oyi etib belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring