“Kambagʻalni urma-soʻkma...” yoxud 5,2 mlrd. soʻm kredit mablagʻlari qayerga gʻoyib boʻldi?
Temur Eshboyev/“Xalq soʻzi”. Oila muqaddas xilqat. Mamlakatimizda u jamiyat va davlatning muhofazasiga olinib, (Konstitutsiya 76-moddasi) mustahkamligi va farovonligi yoʻlida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamiz Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi “Kambagʻallikni qisqartirish va aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi chora-tadbirlarni yangi bosqichga olib chiqish toʻgʻrisida”gi Farmoni shulardan biri boʻlib, unga koʻra “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish hamda nazorat organlarining bu boradagi ustuvor vazifalari belgilab berilgan.
Navoiy viloyati prokuraturasida oʻtkazilgan matbuot anjumani mazkur dasturning 2024-yildagi ijrosi samaralari hamda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish yoʻlidagi chora-tadbirlarga bagʻishlandi.
Taʼkidlanishicha, 2024-yil 1-sentyabr holatiga viloyatda 2723ta kam taʼminlangan oila roʻyxatga olingan boʻlib, biriktirilgan rahbarlar tomonidan ularning 17 157 ta muammolari aniqlangan. Yil yakuni bilan ushbu muammolarning 90 foizdan oshiqrogʻi bartaraf etilgan.
— Olib borilgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda hududlarda kambagʻal oilalarga biriktirilgan rahbar xodimlar tomonidan ishlab chiqilgan individual dasturlarda belgilangan xizmatlar koʻrsatilmasdan oilalar oʻz holiga tashlab qoʻyilishi holatlari aniqlandi, — deydi viloyat prokurorining birinchi oʻrinbosari D. Rahmatullayev. — Xususan, qonunchilik ijrosi yuzasidan oʻtkazilgan nazorat tadbirlari natijasiga koʻra jami 418 ta prokuror nazorati hujjatlari qoʻllanildi. Shundan, 3 ta taqdimnoma va 15 ta protest kiritilishi, 13 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy va 23 nafariga intizomiy ish qoʻzgʻatish haqida qarorlar qabul qilinishi, jiddiy qonunbuzilishi holatlari yuzasidan 5,2 mlrd. soʻmlik kredit mablagʻlari talon-taroj qilinganligi holatlari yuzasidan 15 ta holatda jinoyat ishlari qoʻzgʻatilishi taʼminlandi. Shuningdek, 350 nafar mansabdor shaxslarga nisbatan rasman ogohlantiruvlar eʼlon qilindi.
Shuningdek, oʻtkazilgan tekshirishlar davomida 23 nafar hokim yordamchilarining intizomiy javobgarlik masalalari hal etilishi taʼminlandi.
Matbuot anjumanida kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha prokuratura organlarining rahbar xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ham maʼlumotlar berilib, jurnalistlar oʻzlarini qiziqtirgan masalalar boʻyicha aniq javoblar oldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- AQSH moliya vaziri kompyuteriga xakerlar hujum qildi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Islam Maxachevga Arman Sarukyan raqiblik qila olmaydi. “UFC 311” oldidan sodir boʻlgan noxush xabarning barcha tafsilotlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring