Kadastr agentligida xodimlar qay darajada ijtimoiy muhofaza qilinmoqda?

04:34 17 Avgust 2022 Jamiyat
989 0

Foto: Arxiv surat

Inson yaratilibdiki u jamiyatda oʻz oʻrnini topish va yutuqlarga erishishga harakat qiladi. Agar mantiqan oʻylab qaraydigan boʻlsak, inson umrining deyarli chorak qismini ishlab oʻtkazar ekan. Bu oʻz navbatida har bir tashkilot zimmasiga xodimlar haqida chuqur qaygʻurish, gʻamxoʻrlik qilish va ijtimoiy muhofaza qilish masʼuliyatini yuklaydi.

Kadastr agentligida bugungi kunda 9200 dan ortiq ishchi xodimlar faoliyat olib boradi. Mehnat kodeksining 177-moddasiga asosan Agentlik tizimida 205 ta quyi tashkilotlarning barchasida jamoa shartnomalari tuzilgan va ishchi xodimlar toʻliq Kasaba uyushmasi aʼzoligiga qabul qilingan.

Hodimlarning huquqlarini himoya qilish maqsadida mehnat shartnomasini Ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish faqatgina kasaba uyushmasi qoʻmitasining oldindan rozligini olgan holda amalga oshirilishi yoʻlga qoʻyildi va bu borada Jamoa shartnomalariga tegishli oʻzgartirish kiritildi. Shuningdek, xodimlarning taʼtilga chiqishi, taʼtil muddatlari, ularni berish tartibi va shartlari boʻyicha ichki meʼyoriy hujjatlar tartibga solindi.

“Sogʻ tanda – sogʻlom aql” deganlaridek xodimlarning salomatligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Agentlik markaziy apparati binosidan tez tibbiy yordam va sport xonalari tashkil etilib, xodimlarga qulay sharoitlar yaratildi. Salomatligida jiddiy muammolar boʻlgan 4 nafar xodimlar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, ularni sogʻlomlashtirish choralari koʻrildi va sarf-harajatlar agentlik Kasaba uyushmasi tomonidan qoplab berildi.

Agentlik Kasaba uyushmasi nafaqat xodimlarning balki ularning ota-onalari, oila aʼzolariga ham imkoniyat darajasida ijtimoiy koʻmaklashmoqda. Birgina misol, joriy yilning oʻtgan davrida 20 dan ortiq xodimlarning ota-onalari sogʻlomlashtirish maskanlariga yuborildi. Shu bilan birga, soha xodimlari oilalar oʻrtasida estafeta musobaqalari, tennis, shaxmat, shashka oʻyinlari oʻtkazildi.

Yurtimiz ommaviy nishonlanadigan bayramlar hamda muhim sanalar Kadastr agentligi tizimida ham keng nishonlanadi.

Jumladan, 14-yanvar “Vatan himoyachilari kuni”, 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni”, 21-mart “Navroʻz” bayrami, 1-iyun “Bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan Agentlik xodimlari hamda ularning farzandlari turli sogʻlomlashtirish va qiziqarli koʻngilochar tadbirlar muntazam oʻtkazilib kelinmoqda.

Kadastr agentligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarni, ayniqsa xotin-qizlarning “Yangi Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” shiori ostida respublikaning Boʻstonliq tumani va Shahrisabz shaharlaridagi tarixiy qadamjo va soʻlim goʻshalariga sayr qilishlari orqali ularning madaniy va maroqli hordiq chiqarishlari taʼminlandi.

Kasaba uyushmasining yana bir vazifasi bu oilaviy sharoiti ogʻir boʻlgan xodimlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdir. Ayni shu maqsadda Agentlik tizimida faoliyat olib borayotgan oilaviy sharoiti ogʻir, kam taʼminlangan 5 ta xodimga BHMning besh baravari miqdorigacha boʻlgan moddiy yordam ajratildi. 2 nafar xodimning yubiley yoshga kirganligi munosabati bilan ularning oylik maoshi miqdorining bir baravari miqdorida moddiy yordam berilishi taʼminlandi, shuningdek, 2 nafar xodimlarning toʻy (nikoh) marosimlari hamda sunnat toʻyi uchun moddiy yordamlar ajratildi.

Mehnat nizolarini koʻrish komissiyasi tomonidan 1 ta holatda nizoli masalalar koʻrib chiqib, ijobiy hal etildi.

Bugungi kunda Kadastr agentligi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi tomonidan oʻz vakolati doirasida ishlar tashkil etilib, bu borada qatʼiy nazorat tizimi asosida zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Nilufar Sultanova,

Kadastr agentligi Kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?