Italiyaning mudofaa qobiliyati keskin pasayib ketgani maʼlum qilindi

21:34 05 May 2023 Dunyo
835 0

Foto: Reuters

Italiyaning mudofaa qobiliyati Ukrainaga qurol-yarogʻ yetkazib berishlayotgan bir paytda keskin darajaga tushib ketgan. Bu haqda mahalliy "Corriere della Sera" gazetasi yozmoqda.

Nashr manbalariga koʻra, mamlakat Qurolli kuchlarida artilleriya oʻq-dorilarining yetishmovchiligi mavjud.

“Bugungi kunda Italiya arsenallarida ogʻir va yengil artilleriya oʻq-dorilari yetishmaydi. Bunday holat Ukrainaga yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi oltita farmondan keyin yuzaga keldi”, deya yozmoqda gazeta Italiya parlamenti xavfsizlik qoʻmitasiga tayanib.

Italiya bosh shtabi vakillariga koʻra, hujum sodir boʻlgan taqdirda mamlakat 48-72 soat davomida qarshilik koʻrsata olishi mumkin.

Shu munosabat bilan Rim Vashingtonga murojaat qilishga urinib koʻrdi, biroq AQSH Italiya "navbatda turishi kerak" va bu chiziq uzoq boʻlishini aytdi.

Avvalroq, "The Times" Buyuk Britaniya armiyasi Ukrainaga harbiy yordam koʻrsatilishi fonida katta yoʻqotishlarga duch kelgani haqida yozgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?