Isroilning navbatdagi hujumi oqibatida Gʻazoda bir oilaning 17 nafar aʼzosi halok boʻldi
Foto: AFP
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Falastinlik qochqinlar boʻyicha agentligining yuzga yaqin yordam yuk mashinasi shanba kuni Gʻazo janubida talon-taroj qilingan.
Tashkilotning dushanba kuni “CNN” telekanaliga bergan bayonotida Kerem Shalom oʻtish joyidan Gʻazoga va Jahon oziq-ovqat dasturi uchun oziq-ovqat mahsulotlarini olib ketayotgan 109 yuk mashinasidan 97 tasi talonchilikka uchragan. Jarayonda yordam xodimlari yaralanib, transport vositalari katta zarar koʻrgan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti agentligi talonchilik aybdorlarini aniqlamadi, biroq ushbu xavfli muhitni yaratishda qonun va tartibning buzilishida Isroilning yondashuvini aybladi.
AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi talonchilikni “jirkanch” deb atadi va buni Gʻazodagi xavfsizlikning umumiy buzilishi bilan bogʻladi hamda buning uchun qisman Isroil Mudofaa kuchlari aybdor ekanligini maʼlum qildi.
HAMAS tomonidan boshqariladigan “Al-Aqso” telekanali Gʻazo ichki ishlar vazirligiga tayanib xabar berishicha, Gʻazo xavfsizlik kuchlari yuk mashinalarini talon-taroj qilishda ishtirok etgan 20 dan ortiq odamni oʻldirganini maʼlum qilgan. Lekin shanba kungi voqealarga alohida toʻxtalmagan.
Payshanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Maxsus qoʻmitasi hisobotida Isroil ochlikdan urush usuli sifatida foydalanayotgani daʼvo qilingan. Buni Isroil tomoni rad etgan. Isroil Gʻazoga yordam koʻrsatuvchi yuk mashinalari soni koʻpayganini va anklavga yordam yetkazish uchun tinimsiz ishlayotganini taʼkidlamoqda.
Shunday bir vaziyatda dushanba kuni Isroil havo hujumlarida kamida 50 kishi, jumladan, bir oilaning 17 aʼzosi halok boʻldi. Bu haqda mahalliy sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi. Vazirlik bosh direktori “CNN” telekanaliga bergan intervyusida halok boʻlganlarning aksariyati Gʻazo shimolida, jumladan Bayt Lahiya shahrida bir oilaning 17 aʼzosi halok boʻlganini bildirdi. Ular orasida bir haftalik yangi tugʻilgan chaqaloq ham boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring