Isroil Madrimov “Usik — Fyuri 2” oqshomida ringga koʻtarilishi mumkin
Super yarim oʻrta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimovning navbatdagi jangi tafsilotlari ochiqlandi. Hamyurtimiz 21-dekabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan “Usik— Fyuri 2” oqshomida ringga koʻtarilishi kutilmoqda.
Isroilga ukrainalik Sergey Bogachuk raqib boʻlishi kutilyapti. Ayni paytda tomonlar jang boʻyicha muzokaralarga kirishgan. Mashhur promotor Turki Al al-shayx ham Isroil Madrimovning Ar-Riyoddagi boks oqshomi doirasida jang qilishini xohlayotgani maʼlum qilingan.
Yaqindagina oʻrta vazn toifasida sobiq vaqtinchalik WBA chempioni Sergey Bogachuk Isroil Madrimov hamda Terens Krouford oʻrtasidagi jangga oʻz munosabatini bildirgandi. “Aytyapman-ku, hakamlar Terensning gʻalabasiga ortiqcha baho berib yubordi. Ha, konkret yuqori baho berildi. Vaholanki, u Madrimovga qarshi jangda amalda hech narsa qila olmadi. Shaxsan men bu jangda Isroil Madrimov gʻalaba qozondi, deb bemalol ayta olaman”, degandi u.
Shu tariqa, endi uning oʻzi hamyurtimiz sinovidan oʻtishiga toʻgʻri keladi. Ukrainalik 29 yoshli Sergey Bogachuk (24-2-0) esa oʻzining oxirgi jangini Verjil Ortisga qarshi oʻtkazib, imkoniyatni boy bergan edi. U oʻzining 23 ta jangini nokaut bilan yutgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring