Ishdagi stress haddan tashqari xavfli boʻlishi mumkin

13:48 15 Avgust 2024 Ilm-fan
290 0

Yangi tadqiqotlar ish bilan bogʻliq stress jiddiy sogʻliq muammolariga olib kelishi mumkinligini isbotlab berdi. Bunday depressiya tartibsiz yurak ritmi boʻlgan atriyal fibrilatsiyani (yurakning yuqori va pasti kameralaridagi ritmik harakatning buzilishi bilan bogʻliq holat – tahrir) keltirib chiqarish xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Kanadada oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatadiki, yuqori stressli ishlarda ishlovchi odamlar stressiz ishlarda faoliyat olib boruvchilarga qaraganda koʻproq atriyal fibrilatsiyani boshidan oʻtkazgan. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, ishdagi stressni boshqarish yurak salomatligi uchun juda muhim.

Atriyal fibrilatsiya aritmiyaning eng keng tarqalgan turi boʻlib, butun dunyo boʻylab millionlab odamlarga normal hayot tarzini amalga oshirishiga toʻsqinlik qiladi. Bu insult va yurak yetishmovchiligi kabi jiddiy asoratlarni keltirib chiqarishi ham mumkin. Amerika yurak assotsiatsiyasining maʼlumotlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlarda 2030-yilga kelib 12 milliondan ortiq odam aynan shu xastalik bilan ogʻrishi kutilmoqda.

Tadqiqot Kanadada 18-yil davomida 6 mingga yaqin oliy toifadagi ishchilar orasida oʻtkazilgan. Maʼlum boʻlishicha, ishida stressli holatlar koʻp boʻlganlarda atriyal fibrilatsiya rivojlanish xavfi 83% ga yuqori boʻladi.

Atriyal fibrilatsiya bilan bogʻliq yana bir omil — bu mehnat-mukofot nomutanosibligi boʻlib, bunda ishchilar oʻzlarining saʼy-harakatlari ish haqi yoki eʼtirof kabi olgan mukofotlari bilan mos kelmasligini his qilishganda sodir boʻladi.

Moslashuvchan ish soatlari va menejerlar hamda xodimlar oʻrtasidagi yaxshi muloqot kabi tashabbuslar ushbu muammoni hal qilishda samarali boʻlishi mumkin. Shunga qaramasdan, tadqiqotning bir mamlakatda oʻtkazilganligi uning ilmiylik darajasini shubha ostiga ham qoʻymoqda. Baʼzi tanqidchilar aynan shu sababdan ushbu ilmiy izlanishni kengroq doiralarda oʻtkazishga chaqirmoqda.

Avvalroq, insonga depressiyadan qutilishga yordam beradigan bosh kiyim yaratilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер