Inflyatsiya, migratsiya va urush… Yevropaliklarni nimalar koʻproq tashvishga solmoqda?
Foto: AP
Yevropa Ittifoqi parlamentga saylovlarda iqtisodiyot, migratsiya va xalqaro mojarolar haqidagi xavotirlar saylovchilarning ongida hukmronlik qilgan va ovoz berish qaroriga eng koʻp taʼsir qilgan. Bu «FocalData» oʻtkazgan soʻrovda maʼlum boʻldi.
Unda Yevropa Ittifoqining aholi soni boʻyicha beshta yirik davlati – Germaniya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Polsha hamda Shvetsiyadagi saylovchilar qamrab olingan. Saylovning vaqtinchalik natijalari millatchi va Yevroskeptik partiyalarning ushbu asosiy masalalarga eʼtibor qaratgani, ularning yutuqlariga taʼsir koʻrsatdi.
Iqtisodiyotni yaxshilash va inflyatsiya darajasini pasaytirish saylovchilarning ustuvor orzulari ekanligi maʼlum boʻldi. Bu Yevropa Ittifoqi fuqarolari orasida keng tarqalgan iqtisodiy tashvishlarni aks ettiradi.
Soʻrovnoma natijalariga koʻra, «xalqaro mojaro va urush» ikkinchi eng dolzarb masala boʻlib, global keskinlikning saylovchilar qarorlariga jiddiy taʼsir koʻrsatgan.
Immigratsiya va qochqinlar saylovchilarni tashvishga soladigan roʻyxatda uchinchi masaladir. Bu Yevropaga kelayotgan muhojirlar va qochqinlar mahalliy aholi orasida keskin qarashlarni shakllantirganini koʻrsatadi. Saylovchilar immigratsiya nazoratini kuchaytirish tarafdori boʻlgan partiyalarni maʼqullamoqdalar.
Bulardan tashqari, ekologik muammolar ham respondentlarning eʼtibor markazida boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring