Indoneziyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Foto: Baxtiyor Saidov / Telegram
Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziyaning Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Ruhaini Juhayatindan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi. Bu haqda vazir oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
TIV rahbarining qayd etishicha, uchrashuvda siyosiy muloqotdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha boʻlgan barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalar jadal rivojlanib borayotgani taʼkidlangan.
“Shubhasiz, oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun koʻplab sohalarda keng imkoniyatlar mavjud. Elchi xonimning boy tajribasini qadrlaymiz va mamlakatimizdagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, deb yozadi Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Indoneziya oʻrtasidagi diplomatik aloqalar 1992-yil 23-iyun kuni oʻrnatilgan. Bu sana ikki davlat oʻrtasidagi rasmiy diplomatik munosabatlarning boshlanishi sifatida qabul qilinadi va shu kundan beri tomonlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy va taʼlim sohalarida hamkorlik qilib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring