IIO xodimlaridan qochishni maqsad qilgan shaxs YTH uchradi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi. 2023-yil 21-fevral kuni soat 07:40 larda Nukus shahri 27 kichik tumanida yashovchi 43 yoshli J.R., ichki ishlar organlarining “102” qisqa raqamiga murojaat qilib, shu kuni uning uyi oldida nomaʼlum shaxs unga tegishli boʻlgan “NIVA” rusumli avtomashinasini ochiq holda va kaliti oʻt oldirgichda qoldirilganligidan foydalanib, olib qochganligini maʼlum qilib, ushbu nomaʼlum shaxsga nisbatan qonuniy chora koʻrishni va avtomashinasini topishda amaliy yordam berishni soʻragan.
Olib borilgan tergov — tezkor harakatlar natijasida, ushbu avtomashinani nomaʼlum shaxs shahar hududida boshqarib kelayotgan vaqtida aniqlangan va ichki ishlar xodimlari tomonidan transport vositasini toʻxtatishni talab qilishlariga qaramay, ularning qonuniy talablarini bajarishdan boʻyin tovlagan holda IIO xodimlaridan qochishga harakat qilgan vaqtida, avtomashinani boshqaruvini yoʻqotib, temir darvozaga borib urilgan va u IIO xodimlari tomonidan ushlangan.
Qonunbuzarning shaxsiga aniqlik kiritilganida, u Qoʻngʻirot tumanida yashovchi 26 yoshli I.N. ekanligi va ushbu jinoyatni mast holatda sodir qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Nukus shahar IIO FMB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan I.N. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring