IELTS Indicator B2 sertifikati: Bu masalada talabalikka daʼvogar yoshlarimizning eʼtirozlari bekorga emas — A.Qodirov

15:15 15 Avgust 2020 Jamiyat
1585 0

Davlat qabul komissiyasining IELTS Indicator B2 sertifikatiga ega abituriyentlarga istisno tariqasida chet tili fanidan maksimal ball berilishi belgilandi.

Bu tizimni eʼtirof etish vaqtinchalik ekanligi va yoshlarimizni oliy taʼlim muassasalariga qamrovini koʻpaytirish maqsadida qilinganligini tushunamiz, lekin tanlanayotganlar ichida eng yaxshilarini tanlab olish jarayonini adolatli boʻlishiga xalaqit beradi deb hisoblaymiz.

Bu masalada talabalikka daʼvogar yoshlarimizning eʼtirozlari bekorga emas. Amaliyot test jarayonida toʻgʻri javob topish uchun yordamchilarni jalb qilishga barcha imkoniyatlar mavjudligini koʻrsatmoqda. Shunday ekan ushbu sertifikat bilan maksimum ball oladigan abituriyent ingliz tilini yaxshi oʻrgangan, lekin bir yoki ikkita xato qilgan abituriyentning oʻrnini olishi adolatli qaror boʻlmaydi.

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi oliy taʼlim muassasalariga “kirish oson, oʻqish qiyin” boʻlgan tizim tarafdori. Lekin kirish doimo bilimliroqlarga oson boʻlishi kerak.

Davlat qabul komissiyasi ushbu qarorini oʻzgartirishi mamlakatimizda aholi tomonidan ijobiy qabul qilinayotgan oliygohlarga qabul tizimidagi shaffoflashish jarayoniga ishonchni saqlab qolishga xizmat qiladi.

Alisher QODIROV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari,
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi

fraksiyasi rahbari

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер