Ichida yosh bola boʻlgan mashinani jarima maydoniga olib ketgan YPX xodimi ishdan boʻshatildi
Qashqadaryo viloyatining Yakkabogʻ tumanida YPX xodimi yosh bola bor boʻlgan mashinani jarima maydonchasiga haydab ketgan video tarqaldi. Haydovchining qichqirigʻi va qoʻrqqan bolaning yigʻlashiga qaramay, inspektor mashinani “egasi yoʻq” deya harakatlantirgan.
Oʻtkazilgan xizmat tekshiruviga koʻra, Yakkabogʻ tumani IIB YHXB YPX inspektori Z.Husanovga xizmat faoliyati davomida bir necha bor intizomiy jazo qoʻllanilgan.
Shunga qaramasdan, “Yoʻl-patrul xizmati xodimlarining yoʻl harakati qatnashchilari bilan oʻzaro munosabatlari hamda maxsus moslamalardan foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom” hamda Ichki ishlar vazirining meʼyoriy buyrugʻi talablarini buzganligi uchun xodim egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring