Hujjatlarda koʻrsatilmagan tovarlar yuzasidan bojxona qonunbuzilishi holati rasmiylashtirildi
Soʻnggi vaqtlarda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari va bojxona chegaralari orqali harakatlangan fuqarolar tomonidan bojxona xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishlariga qarshilik koʻrsatish hamda xodimlarni haqorat qilish holatlari kuzatilmoqda.
Masalan, 2023-yil 28-yanvar kuni Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Xovosobod” chegara bojxona postiga spirtli ichimliklarni ichib, mast holda kirib kelgan 4 nafar fuqarolar bojxona xodimini nooʻrin soʻzlar bilan xaqorat qilib, qonuniy talablarini bajarmagan holda xizmat olib borishiga faol qarshilik koʻrsatishgan.
2023-yil 17-fevral kuni Navoiy viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy aeroport” chegara bojxona postida Turkiyadan
kuryerlik tashkilotlaridan birining nomiga keltirilgan 2,5 tonnadan ziyo ogʻirlikdagi 201 dona kuryerlik joʻnatmalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish davomida post xodimi Gulmira Rustamova joʻnatmalarning rostdan ham shaxsiy foydalanish uchun yuborilganmi yoki shaxsiy foydalanish niqobi ostida aslida tijorat maqsadi uchun koʻzlanganmi, shularni aniqlash uchun joʻnatmalardan istalgan 2 tasini tanlaydi hamda ularda ism-sharifi qayd etilgan fuqaroga telefon orqali qoʻngʻiroq qiladi.
Suhbat davomida angladingiz-ki, fuqaro oʻzi nomiga yuborilgan pochta joʻnatmasida qanday tovarlar borligini hattoki bilmaydi va tabiiyki, joʻnatmani oʻzi buyurtma qilmagan.
Bojxona koʻrigida davomida joʻnatma egalariga qoʻngʻiroq qilinishini kutmagan shekilli, kuryerlik tashkiloti rahbari va ishonchli vakili bojxona xodimini, boz ustiga ayol kishini haqorat qilishga tushishadi.
Aslida, kuryerlik tashkiloti rahbari va ishonchli vakilining asabiylashishi va bu qadar jazavaga tushishi bejiz emas ekan. Bojxona koʻrigi davomida joʻnatmalardagi tovarlar tijorat maqsadi uchun koʻzlangani aniqlandi va salkam 36 mln. soʻmlik bojxona toʻlovlari hisoblandi.
34 dona joʻnatma ularda koʻrsatilgan telefon raqamlari ishlamaganligi sababli, joʻnatma egalarining shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida vaqtincha saqlovga olindi. Shuningdek, hujjatlarda koʻrsatilmagan salkam 21 mln. soʻmlik tovarlar yuzasidan tegishli tartibda bojxona qonunbuzilishi holati rasmiylashtirildi.
Bu kabi holatlarda Bojxona qoʻmitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi tomonidan xodimlarining shaʼni, qadr-qimmatlarini kamsitilishi hamda xizmat vazifalarini bajarishga qarshilik koʻrsatilishiga chek qoʻyish maqsadida zudlik bilan protsessual hujjatlar rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun tegishli huquq tartibot idoralariga yuborilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring