Hammaning nigohi Rafahda: 47 milliondan ortiq odam tomonidan boʻlingan post

17:05 31 May 2024 Dunyo
349 0

Bir joydan ikkinchi joyga koʻchirilayotgan falastinliklarning lagerlardagi chodiri tasvirlangan surat shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda ommalashdi. Unda "Barchaning nigohi Rafahda" shiorini koʻrish mumkin va bu post sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan.

Ushbu oʻziga xos trend 26-may kuni Isroil askarlarining Rafahdagi qochqinlar lageriga havo zarbasini yoʻllaganidan soʻng tarqaldi. Hozirgacha 47 million martadan koʻp odam tomonidan ulashilgan va bular orasida amerikalik aktyor Mark Ruffalo, hind aktrisasi Priyanka Chopra, Dua Lipa, Lyuis Xemilton, Gigi va Bella Hadid hamda mashhur futbolchilar ham bor.

“BBC” xabariga koʻra, ushbu shiorni Malayziyalik yosh internet foydalanuvchisi oʻz sahifasiga joylashtirgandan soʻng tezda ommalashib ketgan. Shundan keyin butun dunyo boʻylab avj olayotgan mitinglarda ham “All eyes on Rafah” soʻzlari ishlatila boshlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?